AQSH Suriyaga qarshi sanksiyalarni 180 kunga to‘xtatdi
Senator Marko Rubio qarorni tasdiqlagan.

AQSH Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni vaqtincha, 180 kun muddatga to‘xtatdi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu qaror Suriyani elektr energiyasi, suv va gumanitar yordam bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Senator Marko Rubio ham bu chorani tasdiqlab, Vashington Damashqdan siyosiy yo‘nalishlar bo‘yicha “tezkor qadamlar” kutayotganini bildirdi.
Avvalroq AQSH Moliya vazirligi ayrim sanksiyalar bekor qilinganini ma’lum qilgandi.







