O'zbekiston

Soliq qo‘mitasining 2 nafar xodimi hibsga olindi

Hozirda ularga nisbatan 2 ta modda bilan ish ochilgan.

Soliq qo‘mitasining 2 nafar xodimi hibsga olindi

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida soliq idoralarining ayrim mansabdor shaxslari moddiy manfaatdorlik evaziga “Barqarorlik reytingi” dasturidagi maʼlumotlarni soxtalashtirish orqali 18 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga baholarni sunʼiy ravishda qo‘shish hamda xavf darajasini olib tashlashlari oqibatida jami 82 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati aniqlandi.

 

Ushbu holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Jumladan, ushbu jinoyat ishi doirasida yog‘och importi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ hisobiga 5,5 mlrd so‘m QQSning manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2 nafar xodimi, shuningdek, MCHJ direktori va hisobchisi hamda 2 nafar norasmiy rahbari gumonlanuvchi tariqasida tergovga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Mazkur shaxslarga tegishli bo‘lgan jami 16 ta obyektda o‘tkazilgan tintuv-tergov harakatlari davomida 79 ming AQSH dollari, 161 mln so‘m, 3 ta LI 9 elektromobil, 2 ta “Gentra”, 1 ta “Nexia 3” avtomashinasi, 1268 blokda “TEREA” nomli elektron sigaret tayoqchalari, 27 ta elektron kalitlar, shuningdek, muhr, kompyuter va telefon apparatlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Jinoyat ishi doirasida qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari bo‘yicha ham tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Soliq qo‘mitasining 2 nafar xodimi hibsga olindi | Zamon.uz