Suriya hukumati 8 mln aholini kuzatuvga oldi
Kuzatuvlar asosan siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan.

Suriya yangi hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar 8 millionga yaqin suriyalik ustidan yashirin kuzatuv olib borgan. Bu raqam mamlakat aholisining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi.
Suriya Ichki ishlar vazirligi yozishicha, kuzatuvlar asosan siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan. Norozilik namoyishlarida qatnashganlar yoki rejimga qarshi bo‘lganlar alohida nishonga olingan.
Yangi hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, kuzatuv ostidagi ko‘plab fuqarolar “terrorizm” ayblovi bilan hibsga olingan. Ayrimlari esa ustidan kuzatuv yuritilganini faqat mamlakatdan chiqishga uringanda, nazorat punktlarida ushlanganlarida bilib olishgan.







