May oyidagi tarvuzlar zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin
Bu haqida biologlar ogohlantirmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, may oyida sotuvga chiqadigan tarvuzlar ko‘pincha sun’iy usulda tezpishar holga keltirilgan bo‘ladi. Bu esa ularning tarkibida me’yoridan ortiqcha miqdorda nitrat va azot moddalari bo‘lishiga olib keladi.
Shu sababli, bunday tarvuzlarni iste’mol qilish ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu ayniqsa bolalar va immuniteti zaif kishilar uchun xavfli hisoblanadi.
Biologlar aholiga sabrli bo‘lib, tarvuz mavsumini yozning o'rtalarigacha kutishni tavsiya etishmoqda. Faqat tabiiy pishgan, xavfsiz tarvuzlargina sog‘liq uchun foydali bo‘ladi.







