O‘zbekistonlik imom Madinada vafot etdi
U Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgan.

2025 yil Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi.
Imom Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va 26 may kuni tongda vafot etgan.
“Madinada, bugun xastalikdan so‘ng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdi”, deyiladi masjid Telegram xabarda.
Maʼlumot uchun, Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib bo‘lgan.







