Tramp: “Putinning qilayotgan ishlaridan noroziman”
Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlarni davom ettirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan norozi ekanini bildirdi. Bu bayonot Rossiya dronlarining Ukraina shaharlariga qilgan keng ko‘lamli hujumlari ortidan yangradi.
“Men Putinning qilayotgan ishlaridan noroziman. U juda ko‘p odamlarni o‘ldiryapti. Men bilmayman, unga nima bo‘ldi? Men uni anchadan beri bilaman, doim yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin U endi shaharlarga raketa zarbalari bermoqda”, — dedi Tramp Morristown aeroportida jurnalistlarga.
Shuningdek, Tramp AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ham ma’lum qildi.







