Siyosat

AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni rejalashtirmoqda

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi mumkin.

AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. "Wall Street Journal" nashrining xabariga ko‘ra, u Moskvaning hujumlaridan norozi bo‘lib, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, kutilayotgan sanksiyalar moliyaviy cheklovlarni o‘z ichiga olmasligi mumkin, ammo Vladimir Putinni muzokara stoliga qaytarish uchun bosim kuchaytiriladi. Xususan, Rossiyadan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish talabi ilgari surilishi kutilmoqda.

 

Tramp avvalroq Ukraina hududiga uyushtirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida gapirgan edi. Keyinchalik u Putinni keskin tanqid qilib, uni "butunlay aqldan ozgan" deb atadi.

 

Prezidentning matbuot kotibi Kerolayn Livittning so‘zlariga ko‘ra, Tramp mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori, biroq urinishlar samara bermasa, AQSh muzokaralardan chiqish masalasini ko‘rib chiqadi.

 

"The New York Times" manbalariga tayanib, Tramp Yevropa yetakchilariga Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish niyati yo‘qligini bildirgani haqida ham xabar bergan.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni rejalashtirmoqda | Zamon.uz