Kosmosda “Ruhlar klasteri” kashf etildi
Sirli obyekt faqat radio to‘lqinlarda ko‘rinadi.

Amerikalik olimlar koinotda ilgari noma’lum bo‘lgan sirli obyektni — faqat radio diapazonida ko‘rinadigan energiya klasterini aniqlashdi. U “ruhlar klasteri” deb nomlanmoqda.
ASKAP (Avstraliya kvadrat kilometr massivining prototipi) teleskopi yordamida kuzatilgan obyekt “Teleios” deb atalgan bo‘lib, u ajoyib aylana simmetriyaga ega yorqin sferik tuzilma bo‘lib chiqdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, obyektning shakli va energetik xususiyatlari uni ilgari ma’lum bo‘lgan kosmik obyektlardan farqlaydi. Ba’zi mutaxassislar bu obyekt energiyaning noma’lum shakllariga — hattoki “ruhlar” kabi talqin qilinishi mumkin bo‘lgan holatlarga ishora qilishi ehtimolini rad etmayapti.
Shuningdek, amerikalik olimlar NASAning 2026-yilda uchiriladigan yangi Nensi Roman kosmik teleskopi yordamida boshqa sirli obyektlarni — jumladan, soxta sayyoralarni ham aniqlashni rejalashtirmoqda. Teleskop 2027-yilda keng ko‘lamli qidiruv ishlarini boshlaydi va bu yuz minglab noma’lum fazoviy obyektlarni ochish imkonini berishi kutilmoqda.







