Qamchiq dovonida Gentra xandaqqa tushib ketdi
Avtomashinada 4 nafar yo‘lovchi ketayotgan bo‘lgan.

Kuni kecha, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Gentra rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan.
Qutqaruv otryadi aytilgan manzillarga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida xandaqqa tushib ketgan avtomobil chiqarilgan.
Avtomashinada haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olgan.







