Tramp dunyoni AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida bo‘lmoqchi
Har bir davlat Yer yuzining o‘ziga xos hududida hukmronlik qilishi mumkin.

The New York Times nashrining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z harakatlari va bayonotlari orqali global ta’sir doiralarini AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida taqsimlash niyatida. Bu holat ayniqsa Rossiya va Xitoy uchun manfaatli bo‘lishi mumkin, chunki ular AQShning jahon maydonidagi ishtirokini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Nashrda ta’kidlanishicha, Trampning bu yondashuvi XIX asrdagi imperatorlik boshqaruvi davrini eslatadi. U AQSh ittifoqchilarini tanqid qilib, amerikalik harbiylarni xorijiy davlatlardan olib chiqish zarurligi haqida gapirgan.
Mutaxassislar bu pozitsiyani tanqid qilmoqda. Xususan, professor Monika Daffi Toft bu uch davlat rahbarlarining o‘tmishdagi "shonli va erkin" davrga qaytish istagini qayd etgan. Biroq, NYT nashri yozishicha, postimperial davrda bunday ta’sir zonalarini yaratish hatto superdavlatlar uchun ham oson emas.







