Lifestyle

“U olov bilan o‘ynayapti” - Tramp

Tramp Putinni yana tanqid qildi.

“U olov bilan o‘ynayapti” - Tramp

AQShning prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yana bir bor tanqid qilib, uni ogohlantirdi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida: “Vladimir Putin tushunmayotgani shuki, agar men bo‘lmaganimda, Rossiya bilan allaqachon juda yomon narsalar sodir bo‘lgan bo‘lardi — va men juda yomon narsalarni nazarda tutyapman. U olov bilan o‘ynayapti!” — deb yozadi.

 

Bu Trampning so‘nggi kunlarda Putinga nisbatan ikkinchi keskin chiqishi bo‘ldi. Dushanba kuni u Putin ko‘plab odamlarni o‘ldirayotganini va butunlay aqlidan ozganini aytgan hamda Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi.

 

Trampning bu so‘zlari Rossiyaning 25-mayga o‘tar kechasi Ukrainaga qilgan eng yirik dron va raketa hujumiga javoban bildirildi. Hujumlar oqibatida butun mamlakat bo‘ylab kamida 12 kishi jarohatlangan, jumladan 3 bola halok bo‘lgan edi. Umumiy hisobda Rossiya qurolli kuchlari Ukraina tomon 367 ta dron va raketa uchirgani aytilmoqda.

 

“Agenstvo” nashri Trampning sanksiyalar haqidagi ogohlantirishidan so‘ng, Rossiya tomonidan havo hujumlari intensivligi bir necha barobar kamayganini qayd etdi.

“U olov bilan o‘ynayapti” - Tramp | Zamon.uz