HAMAS AQSHning otashkesimga doir taklifini rad etdi
Reja 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.

HAMAS harakati AQSH tomonidan taklif etilgan, Isroil hukumati qo‘llab-quvvatlagan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish rejasini rad etdi. HAMAS vakillarining taʼkidlashicha, ushbu taklif ularning asosiy talablari — urushni to‘liq tugatish kabi shartlarga javob bermaydi.
Oq uy 29 may kuni Isroil rejaga rozi bo‘lganini maʼlum qildi va endi HAMASdan rasmiy javob kutayotganini eʼlon qildi. Reja AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonidan taklif etilgan.
Reyters agentligi maʼlumotiga ko‘ra, reja 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish, dastlabki haftada 28 nafar isroillik garovdagilarni ozod qilish, 125 nafar falastinlik mahbusni ozod etish va 180 nafar halok bo‘lgan falastinliklarning jasadini qaytarishni o‘z ichiga oladi.







