O'zbekiston

Tramp po‘lat importiga bojni oshirmoqchi

U shu orqali Xitoyga bo‘lgan qaramlikni kamaytirmoqchi.

Tramp po‘lat importiga bojni oshirmoqchi

AQSH prezidenti Pensilvaniya shtatidagi po‘lat quyish zavodida so‘zlagan nutqida, bu qadam mahalliy po‘lat sanoatini va milliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilishini, shuningdek, Xitoyga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishini taʼkidladi.

 

Donald Tramp, shuningdek, US Steel va Yaponiyaning Nippon Steel kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik orqali mintaqada po‘lat ishlab chiqarishga 14 milliard dollar investitsiya kiritilishini aytdi.

 

"Hech qanday ishdan bo‘shatishlar yoki ishlab chiqarishni boshqa mamlakatlarga topshirish bo‘lmaydi. Har bir amerikalik po‘latchi tez orada 5 ming dollarlik munosib mukofot oladi", — dedi Tramp korxona ishchilari oldidagi chiqishida.

 

Prezident nutqining katta qismini Qo‘shma Shtatlarning eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchisi — Pittsburgdagi US Steel kompaniyasini qanday qilib o‘zining 2018 yildagi birinchi prezidentlik davrida joriy etgan po‘lat importiga 25 foizlik boj stavkalari orqali "halokatdan qutqargani"ga bag‘ishladi.

 

Po‘lat importiga boj stavkalarini oshirish bo‘yicha bu bayonot Trampning bir qator savdo bojlari qonuniyligiga oid sud jarayoni fonida yangradi. Apellyatsiya sudi hozircha bojlarni saqlab qolishga ruxsat bergan. Mazkur sud jarayoni po‘lat va alyuminiy importiga qo‘yilgan boj stavkalariga taalluqli emas.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tramp po‘lat importiga bojni oshirmoqchi | Zamon.uz