Lifestyle

Turkiyada daromadi 2 700 dollardan kam bo‘lganlar kambag‘al hisoblanadi

Mamlakatda inflyatsiya o'sib bormoqda.

Turkiyada daromadi 2 700 dollardan kam bo‘lganlar kambag‘al hisoblanadi

Turkiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — TÜRK-İŞ tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobotga ko‘ra, mamlakatda oyiga 81 734 turk lirasi ($2 718) dan kam daromad oladiganlar kambag‘al deb hisoblanadi.

 

Shuningdek, daromadi 25 092 liradan ($835) past bo‘lganlar esa ochlik chegarasida yashayotganlar sifatida tasniflanmoqda. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatdagi yashash narxlari va inflyatsiya sur’atlari ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.

 

TÜRK-İŞ hisobotiga ko‘ra, ayni damda Turkiyada oila asosiy ehtiyojlarini qondira olishi uchun o‘rtacha daromadning yuqori bo‘lishi talab etiladi. Bu esa hukumat va ijtimoiy tashkilotlar oldiga muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish zaruratini qo‘ymoqda.

Turkiyada daromadi 2 700 dollardan kam bo‘lganlar kambag‘al hisoblanadi | Zamon.uz