Siyosat

Germaniya NATOni Rossiya tahdidiga tayyorgarlikka chaqirdi

NATO 2029-yilgacha urushga tayyorlanishi kerak.

Germaniya NATOni Rossiya tahdidiga tayyorgarlikka chaqirdi

Germaniya Qurolli kuchlari bosh inspektori Karsten Broyer NATO davlatlarini 2029-yilgacha Rossiya bilan ehtimoliy qurolli to‘qnashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

 

General Broyerning aytishicha, Rossiya 2024-yilda 4 million dona 152 mm artilleriya snaryadi ishlab chiqargan. Ularning barchasi hozircha Ukraina urushida ishlatilmayapti, bu esa Rossiyaning kengroq harbiy rejalarini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, Rossiya har yili 1500 dona asosiy jangovar tank ishlab chiqarayotgani ta’kidlandi. Broyer bu texnikalar ehtimoliy ravishda Boltiqbo‘yi NATO davlatlariga qarshi qo‘llanilishi mumkinligini istisno qilmaydi: “Har bir tankni Ukrainaga yuborishmaydi. Ular Rossiya omborlarida, G‘arbga qarshi yangi harbiy tuzilmalar tarkibida saqlanadi”, — dedi u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan darajadagi harbiy tahdid bilan yuzma-yuz turibdi va bu xavfga qarshi harakat qilish kechiktirib bo‘lmaydigan masalaga aylangan.

 

Bu bayonot Yevropada harbiy xavfsizlik bo‘yicha tashvishlarning oshib borayotganini ko‘rsatadi. Germaniya rasmiylari ushbu ogohlantirish orqali Yevropa Ittifoqi va NATO ichida harbiy byudjetlarni ko‘paytirish va mudofaa strategiyalarini yangilash zaruriyatiga urg‘u bermoqda. Rossiyaning uzoq muddatli harbiy salohiyati esa hozircha faqat Ukrainaga qaratilgan emas, balki kengroq strategik maqsadlarga xizmat qilayotgandek ko‘rinmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Germaniya NATOni Rossiya tahdidiga tayyorgarlikka chaqirdi | Zamon.uz