Siyosat

Ukraina Rossiya aerodromlariga ommaviy hujum uyushtirdi

Rossiyaga umumiy 7 milliard dollarlik zarar yetkazilgan.

Ukraina Rossiya aerodromlariga ommaviy hujum uyushtirdi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) manbalariga ko‘ra, yakshanba kuni Ukraina tomonidan Rossiyaning bir nechta harbiy aviabazalariga keng ko‘lamli dron hujumlari uyushtirildi. Noma’lum manba hujum natijasida Rossiyaning kamida 40 ta harbiy samolyoti, jumladan A-50, Tu-95 va Tu-22M3 rusumidagi samolyotlarga zarar yetganini bildirgan. Hozircha bu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

 

SBU hujumni “O‘rgimchak to‘ri” deb nomlangan maxsus operatsiya doirasida amalga oshirgan bo‘lib, unga xizmat rahbari Vasiliy Malyuk boshchilik qilgani aytilmoqda.

 

Hujum qilingan aerodromlar:

 

Dyagilevo (Ryazan viloyati)

 

Olenya (Murmansk viloyati)

 

Belaya (Irkutsk viloyati)

 

Ivanovo (Ivanovo viloyati)

 

OAVda tarqalgan videolarga ko‘ra, dronlar Olenegorsk yaqinidagi yuk mashinasidan uchirilgan. Baza Telegram-kanalining yozishicha, ushbu yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida o‘lik holda topilgan.

 

SBU ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar natijasida Rossiyaning strategik qanotli raketa tashuvchi samolyotlarining 34 foiziga zarar yetkazilgan. Moskvaga yetkazilgan zararning umumiy bahosi 7 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan uyushtirilgan hujumda bir nechta samolyot yonganini tasdiqladi, biroq zararning to‘liq hajmini ochiqlamadi.

 

Ukraina Xavfsizlik xizmati “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi haqida batafsil ma’lumotni keyinroq e’lon qilishini bildirdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Ukraina Rossiya aerodromlariga ommaviy hujum uyushtirdi | Zamon.uz