Lifestyle

34 yoshli ayol turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini yangiladi

U 24 soat ichida 7079 marta turnikda tortilgan.

34 yoshli ayol turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini yangiladi

Avstraliyalik 34 yoshli Oliviya Vinson 24 soat ichida 7079 marta turnikda tortilib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Bu avvalgi — 2021-yilda polshalik Paula Gorloga tegishli bo‘lgan 4081 tortilishlik natijani ortda qoldirdi.

 

Rekord g‘oyasini unga eri va murabbiyi taklif qilgan. Dastlab bu imkonsizdek tuyulgani aytiladi. U 2024-yil sentyabrida birinchi bor urinib ko‘rgan, biroq jarohat olib, to‘xtashga majbur bo‘lgan. Ikki oy tiklanish va qo‘shimcha mashg‘ulotlardan so‘ng, ikkinchi urinishda muvaffaqiyatga erishgan.

 

Vinson 19-soatlardan so‘ng o‘zini yomon his qila boshlagan, ammo bardosh bergan. U: “Tanam ko‘tara oladimi deb qo‘rqdim, lekin imkonsiz deb bilgan narsamga erishdim”, deya fikr bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"