Lifestyle

Rossiya o‘z messenjerini yaratmoqda

Bundan asosiy maqsad xorijiy ilovalarga qaramlikni kamaytirish.

Rossiya o‘z messenjerini yaratmoqda

Rossiyada o‘zining yangi xabar almashish ilovasi yaratilmoqda. Maqsad — xorijiy messenjerlarga qaramlikni kamaytirish va raqamli suverenitetni mustahkamlash. Yangi dastur Telegram va WhatsApp kabi ilovalarga raqib bo‘ladi, lekin ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlash emas, balki raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

 

Davlat dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Sergey Boyarskiyning aytishicha, ilova xavfsiz, zamonaviy va qulay bo‘ladi. “Agar xorijiy messenjerlar qonunlarimizga mos kelsa, ular ishlashda davom etishi mumkin.”, degan u.

 

So‘nggi yillarda Rossiya ko‘plab xorijiy ijtimoiy tarmoqlarni bloklagan. Facebook va Instagram 2022-yilda “ekstremistik” deb e’lon qilingan, Twitter va TikTok cheklovlarga uchragan, YouTube esa qisman bloklangan. Yangi messenjer esa shu fon’da ichki bozorda o‘z o‘rnini topishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"