Lifestyle

Rossiyada chigirtka unidan non tavsiya etildi

Undan tayyorlangan mahsulotlarning oqsil miqdori ancha yuqori bo‘ladi.

Rossiyada chigirtka unidan non tavsiya etildi

Rossiya olimlari oziq-ovqat tanqisligi fonida chigirtka uni qo‘shilgan nonni tavsiya qilmoqda. Mutaxassislar non tarkibiga qo‘shilgan chigirtka xomashyosi uni oqsillar va mikroelementlar bilan boyitishini taʼkidlamoqda.

 

Janubiy Ural davlat universiteti olimlari oddiy bug‘doy uniga chigirtka, suv o‘tlari va qo‘ziqorin kukuni aralashmasini qo‘shib, yangi turdagi non retseptini ishlab chiqqan. Undan tayyorlangan mahsulotlarning oqsil miqdori ancha yuqori bo‘lib, taʼmi va tuzilishi ham yaxshilanishi maʼlum qilingan.

 

Tadqiqot oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshgan bir paytda taqdim etildi. Rosstat maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda non narxi 15% ga qimmatlashgan va oziq-ovqat inflyatsiyasi 11,05% ni tashkil etgan. Yangi tavsiyalar aholining qimmatchilik sharoitida arzon va foydali yeguliklarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni maqsad qilgan.