Chekishni tashlashning uchta qulay usuli ma'lum qilindi
Chekishdan voz kechish uchun yengil va samarali yo‘llar.

Pulmonolog Eli Fiss chekishni tashlashga yordam beruvchi eng samarali uchta usulni sanab o‘tdi.
Eli Fissning aytishicha, chekuvchilarning 70 foizi odatni mustaqil tarzda tark etishga — sigaretalar sonini asta-sekin kamaytirib, ularni chekadigan vaqt oralig‘ini uzaytirishga urinadi.
Ammo, shifokor fikricha, ba’zilar uchun bu yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ularga nikotin bo‘laklari yoki saqichlari orqali yordam berish mumkin. Bunday vositalar tananing nikotinga bo‘lgan ehtiyojini bosqichma-bosqich kamaytiradi.
Shuningdek, u kognitiv-xulqiy terapiyani ham samarali vosita deb atadi — bu orqali inson psixologik jihatdan chekishga bo‘lgan ehtiyojini tushunib, unga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqadi.
Fiss, shuningdek, dori vositalari ham mavjudligini qo‘shimcha qildi, biroq ularni so‘nggi chora sifatida ko‘rishni tavsiya etdi.







