Fransiyada besh kishi davlat sirlarini oshkor qilishda gumon qilinmoqda
Ular maxfiy hujjatlarni ruxsatsiz tarqatgan.

Fransiyada besh nafar shaxs, jumladan harbiy xizmatchilar va Yelisey saroyining sobiq xodimlari davlat sirlarini oshkor qilganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Fransiya tergov organlari xabar berdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ular maxfiy hujjatlarni ruxsatsiz tarqatganlikda ayblanmoqda. Ish bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda, ammo hozircha gumonlanuvchilarning shaxsiga oid batafsil ma’lumot berilmagan.
Fransiya hukumati bu holatni jiddiy milliy xavfsizlik tahdidi sifatida baholamoqda. Tergov yakunlari bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qilinishi kutilmoqda.







