Yaponiyada tug‘ilish bo‘yicha 126 yillik antirekord yangilandi
Olimlar bunday holat 2039 yilgacha sodir bo‘lmasligiga ishonishgan edi.

Yaponiyada 2024 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni mamlakat tarixidagi eng past darajaga yetdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili butun mamlakat bo‘yicha atigi 700 ta tug‘ilish qayd etilgan — bu ko‘rsatkich so‘nggi marta 1899 yilda kuzatilgan, ya’ni 126 yil avval.
Mazkur holat demografik inqiroz bo‘yicha jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Ilmiy tahlillarga ko‘ra, olimlar bunday past ko‘rsatkichga Yaponiya faqat 2039 yilda yetadi deb taxmin qilishgan edi. Biroq bu raqam kutilganidan 15 yil avval ro‘y berdi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, tug‘ilish darajasining pasayishiga iqtisodiy beqarorlik, uy-joy muammolari, ish va oila muvozanatini saqlashdagi qiyinchiliklar, shuningdek, yosh avlodning nikoh va farzand ko‘rishga bo‘lgan qiziqishining susayishi ta’sir qilmoqda.
Yaponiya hukumati aholi soni kamayishiga qarshi bir qator dasturlar ustida ish olib bormoqda. Jumladan, bolali oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoridagi moslashuvchanlikni oshirish va bola parvarishi infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan. Biroq mutaxassislar bu choralar yetarli emasligini va keskin strategik o‘zgarishlar talab etilayotganini ta’kidlashmoqda.







