O'zbekiston

Karantinning foydasi

Uyda o‘tirish meni dangasa qilib qo‘yishidan qo‘rqardim.

Karantinning foydasi

“Uyda o‘tirib qolsam aniq ishyoqmas bo‘laman”, degan hadik bor edi. Hech ishdan qolmasdim. Karantin sabab uy-ichimiz bilan uydamiz. Biron ish qilay desam kelindan ortmayapti. Avvaliga men ham shirin ovqatlar pishirishimni aytib maqtandim. So‘ng kelinning qo‘lidan qozon-tovoqni oldim. Osh damladim, salatni ham o‘zim tayyorladim. Dasturxon atrofida quloq tutib jim o‘tirdim: qani nima deyisharkin?.. Har tugul rosa maqtashdi, ko‘ngil uchunmi yo rostdanmi, bilolmadim.

 

Ammo, chini bilan g‘ayratim jo‘shdi, ruhlandim. Birdan tandirda non yopgim kelib qoldi. O‘g‘limga qarab: “Balki tandir qurib berarsan-a, bir non yopay”, dedim. U indamadi, miyig‘ida kulib qo‘ydi. Bilaman oshxonamiz boru tandirga joy yo‘q. Lekin…

 

— Ha, nega kulasan? Rostdan nonlar yopmoqchiman,— dedim g‘ayratimni yashirmay.


— Qo‘ysang-chi, — dedilar dadasi. — Ana, mana demay karantin ham tugaydi. Kegin tandirvoy: “Qachon kelar ekan anavi chaqqon xonim, non yopgani?” — deb kutib umri o‘tsinmi, — dedilar kulib. — Gazetingni o‘qi, — kamiga qo‘shib qo‘ydilar.

 

Doimiy harakatda bo‘lganim bois ruhim yengil bo‘lsa-da, vujudimda og‘irlik seza boshladim. Nevaramni ergashtirib hovliga chiqdim. Bola bahonasida o‘zim ham arg‘amchi uchdim. Bira-am maz-za ediki, buning ustiga hur-hur shabada yoqimli esib turardi.

 

Ilgari ko‘pam eʼtibor qilmagan ekanman, hovlimizdagi gulzorimiz chunonam yashnab turibdiki, yal-yal ochilgan turli gullar yangi kelindek chiroy ochgan. Olma, o‘rik, shaftoli, gilos hammasi hosil tugib, barglari yashnab ajoyib manzara kashf etganini qarang. Ko‘zim tushib, ko‘nglim yayradi.

 

Qarasam, tomorqada bo‘sh yer qolgan, kartoshka jo‘yalarini yumshatib ustidan qum solish kerak. Yeng shimarib ishga kirishdim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay ko‘pqavatli uyda yashab umrida qo‘liga ketmon olmagan o‘g‘lim sherik bo‘ldi. Uning ortidan Jahongirmirzo ergashdi. Ancha ter to‘kib ishladik. Zang bosib yotgan ketmon yaltillab qoldi o‘ziyam.

 

Bir paytlar otam rahmatli to‘shakli bo‘lib yotib qolgach, jo‘jabirdek jon — olti bolani yedirib-kiydirish birgina onam rahmatliga qolgandi. Opam nimjonroq bo‘lganligi bois brigadir Amin aka mening nomimga mehnat daftarcha ochtirganini aytib, darsdan keyin brigadga ishga borishimni tayinlagandi.

 

O‘sha damlar kech kirganda uyga kelib, ovqatimni chala-chulpa yeb, darsimni ham qilolmay o‘rnimga cho‘zilardim. Tomorqa mehnatidan keyin qotib uxlab qolaman, deb o‘ylagandim, ammo sira uxlay olmadim. Zimmamda yuk bor-da, onamni esladim, ishlab toliqdim demasdi, bardoshiga, sabriga tan bermay ilojim yo‘q.

 

Esimda har gal ertalab tursam qo‘llarim kaftlari qavargan, badanim zirqirardi. Tuni bilan bemor otamga qarab chiqqan onamga bildirmasdan maktabga otlanardim o‘shanda…


Bu gal ham darrov kaftimga qaradim, vujudimga quloq tutdim, ammo na qavarganini ko‘rdim, na tanamda og‘riq sezdim…

 

                                                                                                                                                        Mohira Shakarova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Karantinning foydasi | Zamon.uz