AQShda dronlarga qarshi mudofaa zaifligi tan olindi
Bu haqda Kongress a’zosi ma’lum qildi.

AQSh Qurolli Kuchlarida dron tahdidiga qarshi yetarli darajada himoya vositalari mavjud emas. Bu haqda Kongress Vakillar palatasi a’zosi Maykl Makkol Fox News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh dronlarga qarshi samarali choralarni ishlab chiqishi shart, chunki kelajakdagi urushlar aynan shu texnologiyalarga tayanishi kutilmoqda.
6 iyun kuni prezident Donald Tramp ushbu tahdidga qarshi chora sifatida uchuvchisiz qurilmalarni ishlab chiqarishni kuchaytirish va himoyani yaxshilashga doir farmonlar imzoladi. Oq uy bayonotida dushman kuchlar va jinoyatchilarning dronlardan tobora ko‘proq foydalanayotgani qayd etilgan.







