O‘zbekistonda yangi o‘simlik turi kashf etildi
O'simlik boshoqdoshlar oilasiga mansub.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoylik olimlar tomonidan Elymus uzbekistanicus nomli butunlay yangi o‘simlik turi aniqlandi. Bu tur boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub bo‘lib, zamonaviy DNK tahlillari va klassik morfologik tadqiqotlar orqali tasdiqlandi.
Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, bu — so‘nggi 57 yil ichida O‘zbekistonda aniqlangan ilk yangi boshoqdosh o‘simlik turi. Elymus uzbekistanicus nomi O‘zbekiston sharafiga qo‘yilgan.
Yangi turga oid ilmiy maqola xalqaro PhytoKeys jurnalida chop etilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Milliy gerbariysi fondiga tayanib amalga oshirilgan.







