Lifestyle

Yolg‘izlik miya uchun foydalimi?

Olimlar fikricha, yolg‘iz odamlar kamroq stressga tushadi.

Yolg‘izlik miya uchun foydalimi?

Yangi tadqiqotga ko‘ra, turmush qurmagan insonlarda demensiya va Altsgeymer kasalligi xavfi 50% ga kam bo‘lishi mumkin.

 

Olimlar fikricha, yolg‘iz odamlar kamroq stressga duch keladi, yaxshiroq uxlaydi va psixologik jihatdan bardamroq bo‘ladi. Bu esa ularning umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, doimiy emotsional bog‘lanish va ziddiyatlar miyaning va yurakning holatiga salbiy ta’sir etib, hatto saraton kasalligiga olib kelishi mumkin.

 

Shunga qaramay, mutaxassislar har qanday hayot tarzida muvozanat va ijobiy munosabatlar muhimligini eslatmoqda. Yolg‘izlik ham, turmush ham sog‘lom bo‘lishi mumkin, agar inson o‘zini baxtli va xotirjam his qilsa.

Yolg‘izlik miya uchun foydalimi? | Zamon.uz