Lifestyle

Shvetsariyalik erkak 2 soat qor ostida qoldi

Bu bilan u Ginnes rekordini o‘rnatdi.

Shvetsariyalik erkak 2 soat qor ostida qoldi

Shvetsariyalik Ilyas Meyer Andermatt shahridagi sovuq tog‘larda 2 soat 7 soniya davomida qor ostida ko‘milgan holda qoldi.

 

Ushbu hayratlanarli jasorat Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilib, dunyo bo‘yicha eng uzoq vaqt qor ostida qolgan inson sifatida qayd etildi.

 

Meyer rekord oldidan jismoniy va ruhiy tayyorgarlik ko‘rganini aytgan. Mutaxassislar esa uning bu yutug‘ini inson tanasining chidamlilik chegarasi borasida muhim tajriba deb baholamoqda.

Shvetsariyalik erkak 2 soat qor ostida qoldi | Zamon.uz