Lifestyle

Kolumbiyada 300 yillik xazina topildi

Ispaniyaga tegishli kema, bortida 200 tonna xazina bilan cho‘kib ketgan.

Kolumbiyada 300 yillik xazina topildi

Kolumbiya qirg'oqlari yaqinida 300 yil avval cho‘kib ketgan kema topildi. Ispaniya qiroli tomonidan boshqarilgan “San-Xose” nomli galeon 1708 yilda Britaniya harbiy kemalari bilan bo‘lgan jangda cho‘kib ketgan edi.

 

Uning bortida 200 tonnagacha yaqin oltin, kumush va qimmatbaho toshlar bo‘lgan. Xazinalarning hozirgi qiymati 17 milliard dollarga yetishi mumkin.

 

Kolumbiya hukumati uni chiqarib olishni rejalashtirmoqda, ammo boyliklarga Ispaniya ham da’vo qilmoqda: “Qachon cho‘kib ketganidan qat’i nazar, u Ispaniyaga tegishli”.

Kolumbiyada 300 yillik xazina topildi | Zamon.uz