Jahon

AQSh Isroilni himoya qilishga tayyorligini bildirdi

Tramp Eron bilan muzokaralarga ham tayyorligini ma'lum qildi.

AQSh Isroilni himoya qilishga tayyorligini bildirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Isroilning Eron bo‘yicha harbiy rejalari haqida oldindan xabardor bo‘lganini bildirdi. Biroq u Qo‘shma Shtatlar ushbu operatsiyada bevosita ishtirok etmaganini ta’kidladi.

 

Trampning aytishicha, Vashington hozirda Tehron tomonidan ehtimoliy javob zarbasini kutmoqda va shu sababli AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

 

“Agar Eron javob qaytarsa, AQSh o‘zini va Isroilni himoya qiladi”, — deya qayd etdi prezident.

 

Tramp, shuningdek, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini qat’iy ta’kidlab, diplomatik muzokaralarga qaytish mumkinligini ham bildirdi: “Eron yadroviy bomba ololmaydi. Umid qilamizki, muzokaralar stoliga qaytamiz”, — dedi u.

 

Fox News jurnalisti Jennifer Griffinning so‘zlariga ko‘ra, prezident intervyuda Eronning yuqori martabali harbiy yetakchilari, jumladan, Eron inqilob qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bosh qo‘mondoni general-mayor Xoseyn Salami halok bo‘lganini ham eslatib o‘tgan. Ushbu xabar Tehrondan tarqalgan bo‘lib, Eron rasmiylari hozircha bu haqda rasmiy tasdiq bermagan.

 

Tramp, shuningdek, so‘nggi kunlarda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan bir necha marotaba muloqot qilganini ma’lum qildi.

 

Bu bayonotlar Yaqin Sharqdagi geosiyosiy taranglik kuchayayotgan bir pallaga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.