Jahon

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashdi. Axios nashrining xabar berishicha, tomonlar AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar holati hamda harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkin bo‘lgan vaqtni muhokama qilgan.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, Netanyaxu Trampni 3-noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardan keyin Eronga qarshi bombardimonlarni davom ettirishga undamoqda.

 

Axios manbalari Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan. Bu yondashuv esa Isroil bosh vazirini xavotirga solmoqda.

 

Nashrning qayd etishicha, AQSH prezidenti bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda harakat qilmoqda: Eron bilan muzokaralarni qayta boshlashga urinmoqda va shu bilan birga harbiy amaliyotlarni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Axios bu yondashuv Tramp “Epik g‘azab” operatsiyasidan oldin ham qo‘llagan strategiyasiga o‘xshashini yozgan.

 

Avvalroq The New York Times gazetasi AQSH harbiylari Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash rejalarini ishlab chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy amaldorlar qisqa, ammo shiddatli operatsiya o‘tkazishdan manfaatdor. Uning ehtimoliy nishonlari qatoriga Eronning raketa va dron arsenali ham kirishi mumkin.

 

Shuningdek, nashr Milliy xavfsizlik kengashi va Pentagon vakillari yaqinda Trampga Eronga qarshi operatsiyalar bo‘yicha bir nechta rejani taqdim etgani, biroq prezident ularning barchasini rad etganini yozgan.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar