Xitoylik erkak ish va oilasidan voz kechib, g‘orda yashamoqda
U odatiy turmush tarzini “maʼnosiz” deb atagan.

Xitoylik 35 yoshli Ming Hengcai hayotdagi bosimlar, qarzlar va ish stressidan charchab, g‘orga ko‘chib yashashga qaror qildi. U ilgari taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan va kuniga 10 soatdan ishlab, oyiga o‘rtacha 1400 dollar ishlab topgan.
Hengcai oila aʼzolariga qarzdor bo‘lgani uchun tinimsiz ishlashga majbur bo‘lgan, ammo qarzlarini to‘lay olmagan. Natijada qarindoshlari uning mol-mulkini sotib yuborishgan. 2021 yilda u bu turmush tarzini “maʼnosiz” deb atab, ona shahri Sichuanga qaytgan va bir g‘orni 6000 dollarga uyga aylantirgan.
Hozirda Hengcai kitob o‘qish, sayr qilish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. U o‘zi yetishtirgan sabzavotlar bilan oziqlanadi hamda 40 ming obunachiga ega bo‘lgan blog yuritadi. U ish va nikohni “vaqt va pulni behuda sarflash” deb hisoblaydi va doimo shunday tinch hayot haqida orzu qilganini aytadi.







