Isroil hujumida 78 kishi halok bo‘ldi, 320 dan ortig' odam yaralandi
Eronning BMTdagi vakili bu haqda ma’lumot berdi.

BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir-Said Iravani chiqish qilib, Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlar natijasida 78 kishi halok bo‘lgani, 320 dan ortiq odam jarohatlangani haqida ma’lumot berdi.
Iravani qurbonlarning katta qismi tinch aholi vakillari ekanini ta’kidlab, AQShni Isroilga bu hujumda ko‘mak berganlikda aybladi.
Isroilning BMTdagi vakili Danni Danon esa javob tariqasida bu harbiy operatsiya Isroil tomonidan mustaqil amalga oshirilganini bildirdi.







