Maduro: “Netanyaxu XXI asr Gitleri”
Venesuela prezidenti Isroil Bosh vazirini tanqid qildi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni keskin tanqid qilib, uni “XXI asr Gitleri” deb atadi. U bu fikrni Falastindagi harbiy harakatlar fonida bildirdi.
Maduro Netanyaxuni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb baholadi. U xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.
Venesuela rahbari Netanyaxu olib borayotgan siyosatni fashistik deb atab, “bunday rahbarlar dunyo tinchligi uchun tahdiddir”, deya ta’kidladi.







