Oq uy SpaceX bilan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqmoqda
Bu tekshiruv Mask va Tramp o‘rtasidagi tortishuvlardan so‘ng boshlangan.

Oq uy Pentagon va NASAga Ilon Mask rahbarlik qilayotgan SpaceX kompaniyasiga berilgan yirik davlat shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tekshiruv Mask va prezident Donald Tramp o‘rtasidagi ochiq tortishuvlardan so‘ng boshlangan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, bu ehtimoliy “siyosiy qasos” uchun tayyorgarlik bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi SpaceX kompaniyasining “Oltin gumbaz” raketalarga qarshi mudofaa tizimidagi rolini kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilish imkoniyatini ham o‘rganmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 11-iyun kuni o‘tkazilgan brifingda, Tramp va Mask o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, hukumat SpaceX bilan tuzilgan shartnomalarni hozircha rasmiy ravishda qayta ko‘rib chiqmayotganini aytgan.







