Lifestyle

Okean tubida suv osti oroli topildi

Orol 80 million yil oldin yuzaga kelgan.

Okean tubida suv osti oroli topildi

Atlantika okeanining bir qismi qadimda tropik orol bo‘lgan — u uzoq vaqt avval suv yuzasida joylashgan. Hozir esa bu orol butunlay okean tubida qolgan.

 

Popular Mechanics nashrining yozishicha, bu suv osti oroli qimmatbaho elementlarga – litiy, nikel, kobalt va kamyob yer elementlariga, jumladan, itriygacha boy.

 

 

 

 

Mazkur orol Braziliya sohilidan 200 kilometr narida joylashgan bo‘lib, u Riu-Grandi cho‘qqisi deb ataluvchi vulqonik tog‘ tizmasining bir qismidir. Taxminlarga ko‘ra, u 80 million yil avval yuzaga kelgan. Vaqt o‘tishi bilan orol litosfera plitalarining siljishi va vulqonlar otilishi natijasida asta-sekin cho‘kkan.

Okean tubida suv osti oroli topildi | Zamon.uz