Tolibon ayollarga bozorlarga kirishni taqiqladi
Bu taqiq mijozlar oqimini keskin kamaytirgan.

“Tolibon” Termiz yaqinidagi afg‘on-o‘zbek chegara hududida joylashgan umumiy bozorga 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarni kiritmaslik to‘g‘risida cheklov joriy etdi. Bu haqda AmuTv xabar berdi.
Savdogarlarning aytishicha, bu taqiq mijozlar oqimini keskin kamaytirib, transchegaraviy savdoga jiddiy zarba berdi. “Ilgari xaridorlarimizning asosiy qismini ayollar tashkil etar edi. Endi esa savdo juda pasayib ketdi”, — dedi bozordagi afg‘on savdogar.
“Tolibon” mazkur cheklov haqida rasmiy bayonot bermagan. Termizga oilaviy xarid uchun boradigan ko‘plab odamlar yangi tartib tufayli bozordan voz kechishga majbur bo‘lmoqda.
Bozor ma’muriyati bu siyosat o‘zgarishsiz qolsa, ikki mamlakat chegarasidagi iqtisodiy va ijtimoiy hayot yanada og‘irlashishini ta’kidladi.







