Siyosat

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirdi

Bu haqda Yevropa Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Qrim va Sevastopolni noqonuniy anneksiya qilganiga javoban qo‘llanilgan sanksiyalarni 2026-yil 23-iyungacha uzaytirdi. Bu haqda Yevropa Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Bayonotda Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Qrimni bosib olishini xalqaro huquq buzilishi deb hisoblashda davom etishi ta’kidlangan. YI Ukrainaning xalqaro e’tirof etilgan chegaralari doirasida suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Ushbu sanksiyalar dastlab 2014-yilda joriy etilgan bo‘lib, Qrimdan mahsulot olib kirish, infratuzilma va moliyaviy investitsiyalar, turizm xizmatlari ko‘rsatish kabi faoliyatlarni taqiqlaydi.

 

Shuningdek, ayrim tovar va texnologiyalarni Qrimdagi kompaniyalarga eksport qilish, transport, telekommunikatsiya, energetika va qazilma boyliklarni izlash yoki ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatlar ham cheklov ostida qolmoqda.

custom img

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi

16 sentyabr kuni Seulda Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokida ilk sammit o‘tkaziladi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"