Jahon

Eron AQShga ogohlantirish berdi

Xomanaiy Trampning bayonotlariga javob qaytardi.

Eron AQShga ogohlantirish berdi

 

Eron Oliy rahnamosi Ali Xomanaiy AQShni Isroilning Eronga qarshi agressiyasiga qo‘shilmaslik haqida ogohlantirdi. Uning fikricha, bunday harakat Vashington uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Eron Oliy rahbariyati matbuot xizmatiga xabar bergan.

 

“Eronni, uning xalqini va tarixini biladigan aqlli insonlar hech qachon bu mamlakat bilan tahdid tili orqali gapirmaydi. Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi. Amerikaliklar bilishi kerak: AQSh har qanday harbiy aralashuv evaziga, shubhasiz, tuzatib bo‘lmas zarar ko‘radi”, — dedi Xomanaiy xalqqa qilgan murojaatida.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotlari, jumladan Tehronning zudlik bilan taslim bo‘lishi kerakligi haqidagi chaqiriqlari, Eronning siyosiy irodasini susaytira olmaydi.

 

Eron Oliy rahnamosi shuningdek, Tehronga qilingan har qanday zarba javobsiz qolmasligini ta’kidladi.

 

“Agar bizning hududimiz hujumga uchrasa, bu javobsiz qolmaydi”, — dedi u.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarda raketa omborlari va qurolli infratuzilma obyektlari nishonga olingan. Eron qurolli kuchlari hozirda to‘liq shay holatga keltirilgan.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.