Jahon

Tramp TikTok’ni bloklash rejasini yana kechiktirdi

Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi uchun muzokaralar yana uzaytirildi.

Tramp TikTok’ni bloklash rejasini yana kechiktirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok’ni blokirovka qilishga doir qonuniy cheklovlarning kuchga kirishini yana 90 kunga kechiktirdi. Bu vaqt davomida TikTok’ning AQShdagi aktivlari mahalliy investorlarga o‘tishi yoki xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishilishi kerak.

 

Avvalgi kechikish muddati 2024-yil 19-iyun kuni tugashi kerak edi, ammo Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leavitt bu muhlat uzaytirilganini tasdiqladi. Qonun aslida Tramp ma’muriyati davrida qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va TikTok ustidan AQSh nazoratini kuchaytirishdir.

 

Kechiktirish orqali ByteDance kompaniyasiga TikTok’ning AQShdagi aktivlari uchun yangi investorlar topishga yana imkon beriladi. Bitimning ilgari taqdim etilgan rejasiga ko‘ra, AQSh investorlar guruhi kompaniyaning 50 foiz ulushini, Xitoy tomon esa 20 foizdan kamroq ulushni egallashi lozim edi. Shuningdek, Oracle kompaniyasi TikTok’ning ma’lumotlarini AQShda saqlovchi texnologik sherik sifatida ko‘rilgan edi.

 

Ammo asosiy to‘siq — TikTok algoritmi bo‘lib qolmoqda. Xitoy hukumati uni strategik texnologik aktiv deb hisoblaydi va uni boshqa mamlakatlarga topshirishga rozi emas.

 

Bitim bo‘yicha muzokaralar, ayniqsa, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo nizolari fonida murakkab tus oldi. Trampning Xitoy tovarlariga bojlar oshirilishi haqida e’lon qilgani, Pekinning muzokaralardan voz kechishiga sabab bo‘lgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"