Jahon

Xitoy Eronga yordam ko‘rsatmoqda

Xitoy Tehronga harbiy yuk yuborayotgan bo‘lishi mumkin.

Xitoy Eronga yordam ko‘rsatmoqda

 

Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, Xitoydan Tehronga kamida uchta yuk samolyoti yuborilgan.

 

Birinchi samolyot 14-iyun kuni Xitoyning shimolidan havoga ko‘tarilgan. Qolgan ikki bort esa keyingi ikki kun ichida Xitoydan uchib chiqib, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali Eron tomonga yo‘l olgan. Biroq ular Eron havo hududiga yaqinlashganda radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. Parvozlar Boeing 747 rusumidagi yuk samolyotlarida amalga oshirilgan — bu turdagi bortlar odatda harbiy texnika yoki strategik yuklar tashishda ishlatiladi.

 

Garchi samolyotlar hujjatda Lyuksemburgga yo‘naltirilgan sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, mutaxassislar ularning Yevropaga uchib bormaganini ta’kidlamoqda.

 

Ekspertlarning fikricha, bu tashuvlar oddiy yuk operatsiyasi bo‘lishi ehtimoliga qaramay, Xitoy va Eron o‘rtasidagi strategik aloqalar fonida juda katta e’tibor va savollar uyg‘otmoqda. Exeter universiteti olimi Andrea Giselli bunday yordam Eron rejimining qulashining oldini olish uchun qilingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

 

“Eron rejimining beqarorligi Xitoyning mintaqadagi iqtisodiy va energetik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin”, — dedi Giselli.

 

Eron — Xitoy uchun neftning muhim yetkazib beruvchisi (kuniga 2 million barrelgacha). Shu sababli, Pekinning bu mojaro fonida Tehronni qo‘llab-quvvatlashi strategik jihatdan ahamiyatli hisoblanadi.

 

Xitoy rasmiysi esa BMT Xavfsizlik Kengashidagi favqulodda yig‘ilishda Isroilni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va: “Bu mintaqada hech kimga yangi yong‘in kerak emas,” — deya ogohlantirdi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"