Bugun Prezident Qashqadaryoga boradi
Tashrif doirasida korxonalar faoliyati ko‘zdan kechiriladi.

Bugun, 19 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, islohotlar natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.
Tashrif davomida sanoat, tibbiyot, turizm, energetika kabi ko‘plab sohalardagi korxonalar faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.







