AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi
Sanksiyalarning moliyaviy va logistika tizimlariga ta’siri sezilarli bo‘lishi kutilmoqda.

AQSH Eronning “terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” va “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish” faoliyati bilan bog‘liq bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kemalar, kompaniyalar hamda ayrim shaxslar kiritilgan bo‘lib, ular Eronning Xitoy, Turkiya, Yaman va boshqa mamlakatlardagi aloqador tashkilotlari bilan bog‘langan.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, bu choralar Tehronning mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi faoliyatini jilovlashga qaratilgan. Sanksiyalarning moliyaviy va logistika tizimlariga ta’siri sezilarli bo‘lishi kutilmoqda.







