Rizo Pahlaviy AQShda Eron bo‘yicha rejani muhokama qilmoqda
Muhokamalar mamlakatdagi siyosiy tizim o‘zgarishidan keyingi ssenariylarga qaratilgan.

Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li, valiahd shahzoda Rizo Pahlaviy AQSh Kongressi a’zolari bilan uchrashib, Eronda rejim o‘zgargan taqdirda o‘tish davri rejasini muhokama qilmoqda.
Fox News’ning xabar berishicha, bu uchrashuvlar Eron rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning hokimiyatdan ketishi ehtimoliga tayyorlanish doirasida olib borilmoqda. Muhokamalar mamlakatdagi siyosiy tizim o‘zgarishidan keyingi ssenariylarga qaratilgan.
Manbaga ko‘ra, bu safar AQSh Eronda rejim o‘zgarishidan keyingi vaziyatni oldindan rejalashtirmoqda. Bu esa avvalgi tashqi siyosat amaliyotlaridan farq qiladi.
Rizo Pahlaviy 1960 yilda Tehronda tug‘ilgan, 1967 yilda valiahd deb e’lon qilingan. 1979 yilgi islom inqilobidan so‘ng oilasi bilan mamlakatni tark etgan. Hozirda u AQShda yashaydi va Eron Milliy kengashiga rahbarlik qiladi.







