Lifestyle

Yolg‘iz sayohat qilish mumkin bo‘lmagan davlatlar

Savanna Kruell ayollar uchun “xavfli mamlakatlar” ro‘yxatini taqdim etdi.

Yolg‘iz sayohat qilish mumkin bo‘lmagan davlatlar

 

Nyu-Yorklik mashhur sayohatchi va TikTok blogeri Savanna Kruell dunyo bo‘ylab yakkaxon sayohat qiluvchi ayollar uchun xavfli deb hisoblagan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Turli davlatlarda to‘plagan shaxsiy tajribalariga tayanib, u ba’zi hududlarni yolg‘iz sayohat uchun tavsiya etmasligini ma’lum qildi.

 

Savannaning “xavfli” deb atagan birinchi davlati — Fransiya. 2024-yilda 102 million sayyohni qabul qilgan ushbu mashhur yo‘nalishda u bir nechta noxush vaziyatlarga duch kelganini aytgan.

 

Ikkinchi o‘rinda esa Meksika turibdi. U bu mamlakatning tabiati va madaniyatini yuqori baholagan bo‘lsa-da, xavfsizlik nuqtai nazaridan ogohlikni unutmaslik kerakligini ta’kidladi.

 

Ro‘yxatdagi uchinchi mamlakat — Nikaragua. Kruell bu yerda yolg‘iz yurmaslik, iloji boricha gavjum joylardan chiqmaslikni maslahat beradi.

 

Bundan tashqari, u o‘zini Malayziya, Barselona (Ispaniya) va hattoki o‘z vatani AQShda ham xavfsiz his qilmaganini ochiq aytdi.

 

Shunga qaramay, bloger bu mamlakatlarning har biriga qaytishga tayyorligini bildirgan — faqat bu safar ehtiyotkorlik bilan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"