O'zbekiston

Endi kuryerlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi

Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi.

Endi kuryerlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Nizom elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga ko‘ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

 

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli.

 

Bunda nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

 

Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:

 

— tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish;

— xaridorlarning shaxsiy maʼlumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.