O‘zbekiston Xitoydan 500 million dollar qarz oldi
Mazkur mablag‘ telekommunikatsiya sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Xitoy Eksport-Import banki bilan 500 million AQSh dollari miqdorida qarz shartnomasini imzoladi. Ushbu mablag‘ mamlakatning strategik loyihalarini amalga oshirish va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Shartnoma 21 iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda bank raisi Chen Xuayyu o‘rtasidagi uchrashuvda imzolandi. Mazkur mablag‘ telekommunikatsiya sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Vazirlikka ko‘ra, 2002 yildan beri Xitoy Eksimbanki bilan 3,2 milliard dollarlik 51 loyiha amalga oshirilgan. Hozirda 1,9 milliard dollarlik 2 loyiha bajarilmoqda, yana 2,2 milliard dollarga teng 13 loyiha ko‘rib chiqilmoqda.
Laziz Qudratov mazkur hamkorlikni yuqori baholab, IT sohasidagi loyihalar tez va samarali amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.







