O'zbekiston

Toshkentda kadastr va gaz muammolaridan charchagan odamlar “Star House” rahbarini kaltakladi

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda kadastr va gaz muammolaridan charchagan odamlar “Star House” rahbarini kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida fuqaro va qurilish tashkiloti vakillari o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Mazkur holat joriy yilning 13-iyun kuni soat 20:50 larda Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “STAR HOUSE” MCHJ ofisida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, qurilish kompaniyasi rahbari, 1973-yilda tug‘ilgan B.M. hamda jamiyat tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida bahs kelib chiqqan.

 

Fuqarolar uyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagani hamda gaz ta’minoti ulanmagani sababli norozi bo‘lib, mas’ullarga e’tiroz bildirgan. Mojaro davomida MCHJ rahbari B.M. “bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi” tashxisi bilan, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro O.U. esa “qorin sohasida og‘riq” bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunida qonunchilikka muvofiq qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda kadastr va gaz muammolaridan charchagan odamlar “Star House” rahbarini kaltakladi | Zamon.uz