Siyosat

Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimi muhokama qilinmoqda

Eronda o‘zbekistonliklar soni keskin oshib, chiptalar topish qiyinlashmoqda.

Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimi muhokama qilinmoqda

 

Eron fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston fuqarolari Eronga yiliga ikki marta, har safar ikki haftadan vizasiz sayohat qilishi mumkin. Mazkur tartib joriy etilgach, Eronga borayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshgani aytilmoqda. Jumladan, Tehron–Toshkent yo‘nalishidagi aviachipta sotuvida yuqori talab kuzatilmoqda — haftasiga ikki marta parvoz amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, chipta topish qiyinlashgan.

 

Elchixonaning muvaqqat ishlar vakili Husayn Parvaresh ma'lumotiga ko‘ra, bu borish-kelishlar faqat turizm emas, balki tadbirkorlik sohasida ham faollashgan.

 

Shuningdek, tibbiy turizm yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinmoqda. O‘zbekistonlik bemorlar uchun Erondagi klinikalarda davolanish imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

 

Eron tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bir tomonlama joriy etgan bo‘lsa, hozirda ikki tomonlama asosda — Eron fuqarolari uchun ham O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu borada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mas’ul tuzilmalar bilan maslahatlashuvlar olib borilayotgani aytildi.

 

Ma’lumot uchun, 2019-yildan boshlab Eron fuqarolari O‘zbekistonga elektron viza asosida kirish imkoniga ega bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimi muhokama qilinmoqda | Zamon.uz