Jahon

Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi

Endilikda Qirg‘izistonda televideniye va radioda ham davlat tili ustuvor bo‘ladi.

Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi

 

Qirg‘iziston parlamenti davlat tilidan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilikka o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.

 

Qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq, bir qator mansabdor shaxslar uchun qirg‘iz tilini yetarli darajada bilish majburiyati joriy etiladi. Ular orasida:

  • parlament deputatlari;
  • Vazirlar Mahkamasi raisi va a’zolari;
  • Konstitutsiyaviy, Oliy va mahalliy sudlar sudyalari;
  • prokurorlar va tergovchilar;
  • Milliy bank, huquqni muhofaza qilish va milliy xavfsizlik xodimlari mavjud.

 

Shuningdek, advokatlar va notariuslar ham qirg‘iz tilini bilmasa, litsenziya olish huquqidan mahrum etiladi.

 

Bundan tashqari, “Televideniye va radioeshittirish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning kamida 60 foizi davlat tilida bo‘lishi shart etib belgilandi.

 

“Tashqi migratsiya to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, endilikda davlat tilini bilmaslik doimiy yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘ladi. Shuningdek, qirg‘iz tilini bilmagan chet el fuqarolari immigrant maqomini olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

 

Reklama matnlari ham davlat tilidagi imlo qoidalariga muvofiq tayyorlanishi va mahalliy hokimiyat tomonidan ko‘rib chiqilishi shart bo‘ladi.

 

Qonun buzilgan taqdirda quyidagi jarima choralari qo‘llaniladi:

  • jismoniy shaxslarga – 5 ming som (taxminan 711 ming so‘m);
  • yuridik shaxslarga – 17 ming som (taxminan 2,4 million so‘m).

 

Til siyosatiga oid qoidabuzarliklar yuzasidan qaror qabul qilish vakolati Davlat tili va til siyosati bo‘yicha Milliy komissiya zimmasiga yuklatildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.