Aliment to‘lovlarining eng minimal miqdori oshirilmoqda
Bugungi kunda alimentning eng kam miqdori 306 ming so‘mni tashkil etmoqda, bu esa minimal isteʼmol xarajatlarining (669 ming so‘m) yarmidan ham kam.

Oliy Majlis Senati aʼzolari O‘zbekistonda aliment to‘lovlarining eng kam miqdorini qayta ko‘rib chiqish zarurligini taʼkidladilar. Bugungi kunda alimentning eng kam miqdori 306 ming so‘mni tashkil etmoqda, bu esa minimal isteʼmol xarajatlarining (669 ming so‘m) yarmidan ham kam ekani qayd etildi.
Senatorlar mazkur holatni bolaning yashashi va rivojlanishi uchun yetarli bo‘lmagan moliyaviy taʼminot deb baholab, aliment miqdorini bola yoshidan kelib chiqqan holda adekvat darajada belgilash zarurligini bildirishdi.
Shu munosabat bilan parlament tomonidan Vazirlar Mahkamasiga alimentning eng kam miqdorini qayta belgilash va uni bolalar ehtiyojlariga muvofiq ravishda oshirish bo‘yicha parlament so‘rovi yuborildi.
Mazkur taklif ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xususan yolg‘iz onalar va aliment to‘laydigan shaxslar manfaatlarini muvozanatda hisobga olishni ko‘zda tutadi.







